Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qorasuvliklar endi 18-yo‘nalishdagi avtobuslar xizmatidan ham foydalanishlari mumkin

Samarqand shahridagi Qorasuv maskani kundan kun chiroy ochib, kengayib bormoqda. U yerda qurilayotgan ko‘p qavatli uylar hisobiga aholi sonida sezilarli darajada o‘sish kuzatilyapti.

Buni jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojdan ham bilish mumkin. Hozirgacha Samarqand shahrini Qorasuv bilan bog‘lovchi 4 ta yo‘nalish – 8- raqamli “Badal qishlog‘i - Obod maskan mahallasi”, 27-raqamli “Temiryo‘l ABB – Obod maskan mahallasi”, 30-raqamli “Sartepa massivi – Obod maskan mahallasi” hamda 35-raqamli “Hazora ABB – Obod maskan mahallasi” yo‘nalishlari mavjud edi.

Bugundan boshlab yana bir yo‘nalishda avtobuslar aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi. Qorasuv massivida jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyoj ortgani munosabati bilan 18-raqamli “Sug‘diyona – Zarafshon mahallasi” yo‘nalishining qatnov masofasi Obod maskan mahallasigacha uzaytirildi. Endilikda Qorasuv massivi aholisi ushbu yo‘nalishda qatnayotgan avtobuslar xizmatidan foydalanishi mumkin.

Samarqand viloyati transport boshqarmasi axborot xizmati.