Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘iston 5 oktyabrdan yangi mamlakatlar bilan parvozlarni tiklamaydi

Qozog‘iston 5 oktyabrdan boshqa mamlakatlar bilan parvozlarni qayta tiklashni vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.

“Qozog‘istonga infeksiya olib kirilishining oldini olish maqsadida idoralararo komissiya joriy yil 5 oktyabridan quyidagi qarorga keldi: boshqa mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni qayta tiklashni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish, aviaqatnov tiklangan mamlakatlar bilan reyslar sonini ko‘paytirmaslik, Turkiyaga reyslar sonini qisqartirish”, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy.

Aviaqatnov tiklangan mamlakatlardan kelayotganlar uchun quyidagi majburiy talablar o‘rnatiladi: haroratni o‘lchash, anketa to‘ldirish, so‘nggi 72 soat ichida koronavirusga topshirilgan test tahlili.

Agar ma’lumotnoma bo‘lmagan taqdirda mamlakatga kelganlar COVID-19 ga laboratoriya tahlilini o‘tkazish uchun ikki kungacha karantin statsionarida yakkalanadi.

Muqobil talablar YeOII mamlakatlari va O‘zbekiston bilan davlat chegarasini avtomobilda va piyoda kesib o‘tayotganlar uchun ham qo‘llaniladi.