Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istondagi bir qator OTMlar litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib qo‘yildi

Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi bir necha universitetlarning o‘quv faoliyati uchun litsenziyasi to‘xtatilgani haqida xabar berdi.

Buning sababi, bir qator universitetlarni qayta tekshirishda ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan.

Olmaota universiteti, Kaynar akademiyasi, Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi, A.Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti, “Silkway” xalqaro universiteti tomonidan o‘tkazilgan takroriy tekshiruv natijalari bo‘yicha yana ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi Ta’lim va fan sohasida sifatni ta’minlash qo‘mitasi tomonidan Olmaota universiteti, Kaynar akademiyasi, Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi, A.Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti litsenziyasi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatilgan.

Shuningdek, Kaynar akademiyasi va “Silkway” xalqaro universitetining tekshirish natijalari ustidan shikoyat bo‘lganligi sabab, tekshirish natijalari sudda ko‘rib chiqilayotgani aytilgan. Sud jarayonlari yakunlangach, tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, M.X.Dulati nomidagi Taraz hududiy universitetida huquq (bakalavr) yo‘nalishi bo‘yicha litsenziya ilovasi amal qilishi to‘xtatilgan.

Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi abituriyentlarga qonunchilikka muvofiq ta’lim faoliyati uchun litsenziya amal qilishi to‘xtatilgan taqdirda OTM 2020/2021 o‘quv yili uchun qabulni amalga oshira olmasligiga e’tibor qaratishni so‘ragan.