Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rasmiylashtirilmagan spirtli ichimlik mahsulotlarini yuklayotgan shaxs to‘xtatildi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Samarqand temir yo‘l vokzalida joylashgan avtobekatda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston fuqarosi B.T. tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, O‘zbekiston Respublikasining milliy muvofiqlik belgisi bilan markirovkalanmagan hamda Rossiyada ishlab chiqarilgan pivo spirtli ichimlik mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlandi.

B.T. umumiy qiymati taxminan 6 million so‘mlik 120 dona “Corona Extra” nomli 0.355 litrlik pivo spirtli ichimlik mahsulotlarini o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Damas” rusumli avtotransport vositasiga yuklayotgan paytida bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.