Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Salomatlik” ordeni va “Sog‘lom turmush” medali ta’sis etiladi

Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida “Salomatlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi hamda “Sog‘lom turmush” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama etildi.

Dunyo miqyosida koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir vaqtda mamlakatimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida ko‘rilgan tezkor va muhim choralar ko‘rilib, fidoyi shifokorlar, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari, saxovatpesha insonlar, karantin sharoitida xalqimiz matonati bilan pandemiyani jilovlashga muvaffaq bo‘linmoqda.

Ushbu orden va medalning ta’sis etilishi bugungi kunda xalqimiz salomatligi uchun kurashayotgan fidoyi kasb egalari, shuningdek, sinovli kunlarda insoniy fazilatlarini namoyon etayotgan saxovatpesha va mard hamyurtlarimizni ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonamiz.

Qonunlar senatorlar tomonidan ma’qullandi.