Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand maxsus avtomobillari Afg‘onistonda

Samarqand avtomobil zavodi (SamAvto) Afg‘onistonga turli rusumdagi va turli maxsus moslamalar o‘rnatilgan avtomobillar partiyasini yetkazib berdi, deb xabar bermoqda podrobno.uz.

Yetkazib berilgan maxsus avtomobillar orasida Tibbiy tez yordam anjomlari bilan jihozlangan, shuningdek samosvallar oziq-ovqat suyuqliklarini tashiydigan va yana bir qator maxsus avtomobillar bor edi.

Ularning jami soni 78 ta bo‘lgan.

Maxsus avtomobillar Afg‘onistonga yetib kelishi bilanoq, foydalanishga topshirildi. 65 ta maxsus avtomobillarni Qobul hokimiyati oldi. Ikkita sut tashishga moslab jihozlangan mashinani bolalar bog‘chalari ixtiyoriga berishdi.

Kelajakda Samarqandda ishlab chiqarilayotgan maxsus avtomobillarni Afg‘oniston hududida ko‘proq va samaraliroq sotish maqsadida Samarqand avtomobil zavodi va Afg‘oniston tomondan Ahmad Samir Ahmadi Ltd o‘rtasida kelishuv imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand avtomobil zavodi va Afg‘oniston respublikasi o‘rtasidagi 121 ta tibbiy Tez yordam mashinasini sotib olish bo‘yicha shartnoma o‘tgan yil tuzilgan edi.