Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahri, Samarqand, Toyloq va Kattaqo‘rg‘on tumanlari tabiiy gaz iste’molchilari diqqatiga!

“Samarqandtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan "Toyloq-1 GRS" dan aholi va ulgurji iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi Toyloq tumani Qo‘rg‘oncha mahallasi hududidan o‘tuvchi yuqori bosimli yer osti D-325 mm.li gaz quvuriga sizot suvlari yaqin bo‘lganligi sababli, gaz quvuri yemirilishga uchrab, gaz sizib chiqish holatlari aniqlandi. Ushbu holatni bartaraf etish uchun 2020 yil 15 oktyabr soat 8:00 dan soat 18:00 gacha Samarqand tumani Chumchuqli, Pulimug‘ob, Badal, Rustam qishloq, Rajabamin, Konigil, Qo‘shtamg‘ali, Qoziariq, Juyisoy mahalla fuqarolar yig‘inlari, Samarqand shahar Kaftarxona-1, Kaftarxona-2 mahallalari va Toyloq tumani Madaniyat, Namunali uylar, Qo‘rg‘oncha mahallalari, Kattaqishloq hamda Qunduzak qishlog‘ida yashovchi iste’molchilarga tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Shuningdek, “Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib borish uchun "Xatirchi GRS"dan chiquvchi yuqori bosimli gaz quvurlaridagi tambalagich va GTQlarni texnik taftishdan o‘tkazish maqsadida 2020 yil 15 oktyabr soat 8:00 dan 16 oktyabr soat 15:00 gacha Kattaqo‘rg‘on tumani Nayman, Vayrot, Mo‘minxo‘ja va Fayzikent mahallalaridagi iste’molchilarga tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Barcha tabiiy gaz iste’molchilaridan gaz jihozlaridagi jo‘mraklarni o‘chirib qo‘yishlari va ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi.

Ushbu noqulayliklar uchun “Samarqandtumangaz” hamda “Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limlari ma’muriyati tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raydi.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali ma’muriyati.