Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida xotin-qizlar o‘rtasida velopoyga musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Samarqand shahridagi “Dinamo” o‘yingohida “Sog‘lom oila – jamiyat boyligi” shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida velopoyga bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Viloyat hokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, velosport federatsiyasi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 50 nafarga yaqin xotin-qizlar uch yosh toifasi bo‘yicha bellashdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumanidan kelgan Oyisha Adizova 45 yoshdan yuqori bo‘lganlar orasida marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, bulung‘urlik Bibioysha Mamayusupova 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lganlar bellashuvida epchil ekanligini ko‘rsatdi. Oqdaryolik  Lobar G‘afurova esa 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar orasida uch kilometr masofani birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.

 

Shuningdek, musobaqada “Eng yoshi ulug‘ poygachi”, “Eng irodali ishtirokchi”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun”, “Eng faol ayol poygachi”, “Eng yosh ayol poygachi”, “Eng mahoratli poygachi” naminatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alarni bosh vazir o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva, viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Alimova topshirdi.

Husan Eltoyev.