Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrining bosh rejasi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 yanvardagi qarori asosida Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi tomonidan 2017-2019 yillarda Samarqand shahrining 2040 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasini va markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Dasturga ko‘ra bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihasi “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi hamda Xitoyning “China Construction Engineering Design Group Corp. Ltd” kompaniyasining mutaxassislari hamkorligida ishlab chiqildi. Loyiha belgilangan tartibda dastlab Samarqand viloyati va shahri mutasaddi tashkilotlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinib, keyingi bosqichda respublika arxitektura-shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqilishi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilangan.

Joriy yilning iyul va avgust oylarida viloyat va shahar hokimliklari, tashkilotlar mas’ullari ishtirokidagi muhokama qilingan bosh reja loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi munosabati bilan 1991 yildan buyon Samarqand mamlakatimizning eng qadimiy shaharlaridan biri maqomiga ega bo‘lib, o‘zining barcha davrlarining noyob tarixiy, madaniy, ma’naviy va me’moriy xususiyatlarini saqlab qoldi. Bugungi kunda Samarqand shahri aholisi 529 ming kishini tashkil etadi. 11198 gektar yer maydoniga ega bo‘lgan shahar yirik iqtisodiy, ma’muriy, siyosiy, ilmiy, ta’lim va madaniy markaz hisoblanadi.

Samarqandning noyobligi va uning jahon madaniyatidagi ulkan tarixiy va madaniy ahamiyati, uning rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. Yangi Bosh planning vazifasiga shaharsozlikning yaxlitligini, ya’ni, u yerdagi tabiiy sharoitlarni, yodgorliklar va ularning atrofini, jamiyat hududlarini, mahallalarni, infratuzilmalarni va Islom madaniyatini va uning ma’naviy merosini asrab kelayotgan samarqandliklarning hayot tarzini saqlab qolish vazifasi qo‘yilgan.

2001 yilda bo‘lib o‘tgan Jahon merosi qo‘mitasining 25-sessiyasida Samarqandning tarixiy markazi “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” nominatsiyasida YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Jahon merosining muhofazasi tarixiy hududlar va qurilish hududlarining chegaralarini o‘rnatish bilan amalga oshiriladi. Jahon merosi ro‘yxatiga butun Afrosiyobning arxeologik shahri, eski, ya’ni Temuriylar shaxri va O‘rta Osiyoni Rossiyaga qo‘shilish davriga oid shaharning Yevropa qismi kirgan. Qurilish boshqaruvi tarixiy va zamonaviy qurilishlarni qattiq nazorat qilinishi, xususan, shaharning tarixiy davrlari shakllanishini saqlab qolinishi qattiq nazorat qilinishi ko‘zda tutilgan.

Madaniy xilma-xillikni aniqlab va targ‘ib qilish orqali “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” ob’yektining tarixiy xususiyatini saqlab qolish zarur. Samarqand shahar bosh plani, shahardagi tarixiy landshaftlarni saqlab qolishga va ularni tiklashga yo‘naltirilgan. Bu esa o‘z o‘rnida, shahar hayotidagi keyingi davrlarning sifatli rivojlanishining poydevori bo‘lib, uning yanada barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.

Shaharning joylashuvi. Samarqand shahri O‘zbekistonning markazida, bir tomondan qadimgi madaniyat, ikkinchi tomondan esa avtomobil yo‘llari, zamonaviy temir yo‘llari va havo yo‘llarining birlashmasida joylashgan. O‘zining qulay iqtisodiy va geografik joylashuvi tufayli, Samarqand shahri butun region markazi sifatida shakllanib, jadal rivojlanmoqda. 2040 yilga kelib, aholi soni 1 millionga, shahar hududi esa 30 000 gektarga yetadi.

Mintaqaviy muvoffiqlashtirish. Samarqand shahrining Bosh planida Samarqand aglomeratsiyasining qo‘shni aholi punktlari bilan o‘zaro manfaatli iqtisodiy rivojlanishi, sayyohlik ijtimoiy soha, muhandislik va transport infratuzilmasi, ekologik muhit, sanoat va boshqa omillar orqali erishish uchun mintaqaviy muvofiqlashtirish orqali shaharni jadal integrallashgan rivojlanishi ko‘zda tutilgan.

Sanoat. Bosh planda, shahar aholisining o‘sishini inobadga olgan xolda, mavjud sanoat korxonalarini rivojlantirish va yangi sanoat korxonalarini barpo etish ko‘zda tutilgan. Qurilish, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni jadal rivojlantirish, xalq hunarmandchiligi, yengil, oziq-ovqat va mahalliy sanoat korxonalari, kimyo korxonalarining o‘sishini kamaytirish, sanoatning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi.

 

Ekologik muhit. Atrof muhitni yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar quyidagilardan iborat. Atmosferaga va suv havzalariga bo‘lgan zararni kamaytirish maqsadida sanitariya tomondan zararli korxonalarni shahardan chiqarib tashlash, yashil sanitariya zonalarini yaratish, avtotransportdan chiqadigan zararli moddalarni kamaytirish uchun ekologik standartlarni oshirish, ventilyasiya koridorlarini saqlash. Shuningdek, hozirgi aeroportni shahar chegarasidan chiqarib, xalqaro standartlarga javob beradigan yangi aeroportni qurish.

Transport. Bosh planda tarixiy hudud ichidagi va tashqarisidagi turli xil yo‘l harakati qoidalarini yaratish, tarixiy hududdagi transport tarmog‘iga bo‘lgan yuklanishni kamaytirish ham ko‘zda tutilgan. Yo‘llarning mikrotsirkulyasiyasini yaratish maqsadida, mavjud bo‘lgan yo‘llarni qayta tiklash, jamoat transporti tizimini faol rivojlanishi, shuningdek, piyoda va velosipedlar uchun sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.

Uy-joy hududi. Bosh plan farovon hayot muhitini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, an’anaviy tumanlar mahallalarning turmush tarzini eng yuqori darajada saqlab qoladi. "Yangi tuman" va "Yangi shahar" tushunchalari turli balandlikdagi turar-joy maydonlarini qurishda, bosqichma-bosqich tendensiyalarni anglatadi va turli xil va yuqori sifatli yashash muhitlarini yaratishga qaratilgan. Avtotransportsiz ko‘chalar, shaxsiy hayotni jamoat hayotidan ajratish, piyoda va yashil hududlar, arxitekturaning xilma-xilligi, ijtimoiy infratuzilmalarning 15 daqiqalik masofada joylashishi ko‘zda tutilgan.

Ma’muriy-ijtimoiy markazlar, ijtimoiy sohaning rivojlanishi. Aholining turli qatlamlari uchun qulay hayot muhitini yaratish maqsadida, Bosh plandagi ma’muriy, madaniy va savdo-ko‘ngilochar ob’yektlarni joylashtirishda qulay transport va piyodalar yo‘llarini bog‘lanishi hisobga olingan. Jamoatchilik hududlari va ijtimoiy infratuzilma aholiga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish bilan shahar aholisi uchun aloqa markazlarini yaratish orqali tumanlar, mikrorayonlar va mahallalar aholisining ehtiyojlarini qondirish uchun yaratilgan.

Shahardagi zamonaviy san’atni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maktablar, bolalar bog‘chalari, muzeylar, madaniy markazlar va ko‘rgazma zallari, namoyish va xarid qilish joylari kabi madaniy ob’yektlar qurish rejalashtirilgan. Shaharning noyob tarixi va arxitekturasi, turli arxitektura uslublariga alohida e’tibor berish, ularning effektiv birligini aniqlab ishga solish,  Samarqand aholisining an’anaviy turmush tarzini namoyish etish uchun tarixiy mahallalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Maqsad – Samarqandni, O‘rta Osiyoning zamonaviy san’at markaziga aylantirish.

Yashil hududlar. Yashil hududlar yashil maydonlarning rivojlangan tizimi sifatida loyihalangan. Ya’ni, shahar va tumanlarda yangi parklarni barpo qilishni, piyodalar xiyobonlari, daryolar, ariqlar va kanallar atrofida bog‘lar yaratishni va shaharning tarixiy tog‘li landshaftlarini va Cho‘pon-ota tepaligini saqlab qolish va himoya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Sportva dam olish joylari. Sport va dam olish hududlarini yaratish butun aholining jismoniy tiklanishiga, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish sohasini faol rivojlanishiga, aholining turmush sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Shaharning muhandislik va texnik ta’minoti. Shaharning muhandislik va texnik ta’minoti, uning kelajakdagi barcha talablarini qondira oladi. Mavjud bo‘lgan infratuzilmaning qayta tiklanishi va yangi muhandislik kommunikatsiyalarni qurish, shaharning sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashga qaratilgan.

Turizm. Bosh planda madaniy turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Milliy iqtisodiyotning yetakchi sektori hisoblangan turizm, shahar iqtisodiyotining ustuvor sohasiga aylanadi. Bunga rivojlangan sayyohlik marshrutlar tarmog‘i, sayyohlik markazlari, mehmonxonalar tarmog‘i, turistik xizmat ko‘rsatish korxonalari, etnografik muzeylar va qo‘riqxonalarni yaratish orqali erishiladi.

Zarafshon daryosi va Darg‘om kanali o‘rtasida bionik tarzda rivojlanadigan, ixcham va inklyuziv, iqlimga chidamli shahar shakllanadi. Shaharning mavjud rejaviy tuzilishi maksimal darajada saqlanib qolinmoqda. Tarixiy hudud esa rivojlanayotgan shaharning bir qismi sifatida me’morchilik zaxirasiga aylantiriladi.

Bosh planning maqsadi – rivojlanish orqali muhofazalash va muhofazalash orqali rivojlanish hisoblanadi. Shaharning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun samarali va moslashuvchan planlashtirish tizimini yaratilishi orqali 21 asr o‘rtalaridan boshlab uni muntazam ravishda rivojlanishi, Samarqandni qadimiy O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi markazi va zamonaviy rivojlanayotgan shahar sifatida dunyo miqyosida yuksaltirish imkonini beradi.

Samarqand viloyat Qurilish bosh

boshqarmasi axborot xizmati.