Samarqandning 2040 yilgacha bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar muhokamaga qo‘yildi
Joriy yilning 29 iyul kuni Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasining katta majlislar zalida Samarqand shahrining 2040 yilgacha mo‘ljallangan Bosh rejasini qayta ishlab chiqish hamda markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasining birinchi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha muallifi “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan hamkorlikda Xitoy Xalq Respublikasining “China Sonstruction Engineering Design Group Corp.LTD” loyiha kompaniyasi bosh loyihachisi Sun Syao Lun tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarining dastlabki muhokamasi ko‘rildi.
Muhokamada viloyat hokimining o‘rinbosari, loyiha muallifi, «Toshkentboshplan LITI» davlat unitar korxonasi mutaxassislari, loyiha arxitektorlari, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti professor-o‘qituvchilari, 40 dan ortiq hududiy davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Samarqandning 2040 yilgacha bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar har tomonlama muhokama qilindi.