Chelakda renovatsiya: "ARUP" ishtirokida shaharcha markazining master-rejasi ishlab chiqilmoqda

Bugungi kunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududlarida barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan master-rejalarini ishlab chiqilmoqda. Bu ishlarga Buyuk Britaniyaning “ARUP” loyiha kompaniyasini jalb etilgan.

Yaqinda “ARUP” kompaniyasi vakillari Yunus Emre Simsek, Smart Arthur va Jaime Traspaderne Payariq tumanining Chelak shaharchasida bo‘ldi.

Mutaxassislar tuman hokimligi vakillari, arxitektor va qurilish idoralari xodimlari bilan birgalikda Chelak shaharchasi markazining master-reja loyihasi hamda konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki ishlarni boshlashdi va bu boradagi masalalarni muhokama qildi.

Ma’lumot o‘rnida: “ARUP”– Buyuk Britaniyadagi shaharsozlik va arxitektura xizmatlari ko‘rsatuvchi kompaniya bo‘lib, 1949 yilda Londonda tashkil etilgan. Hozirgi kunda 34 ta mamlakatda 19 mingdan ortiq xodimlarga ega. Shu bilan birga, “ARUP” 1994 yildan beri O‘zbekistonda ham o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda hamda hozirga qadar 15 ta xususiy va davlat sektoridagi tashkilotlar bilan 30 ta loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirgan.