Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand sudlariga 706 ta, sayyor qabullarda esa 1062 ta murojaat qilingan

Bu haqda viloyat Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan anjumanda jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi Olim Hayitov ma’lumot berdi.

Viloyat, tuman va shahar sudlari raislari tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida tuman va shahar sudlari, hokimliklar, Xalq qabulxonalari va o‘quv muassasalarida 563 (173) marta sayyor qabul o‘tkazilgan.

Qabullarda 1062 ta (850) murojaatlar ro‘yxatga olingan, shundan 296 tasi qanoatlantirilgan, 1 tasi rad qilingan, 765 tasi bo‘yicha murojaatchining qonuniy huquqlari tushuntirilgan.

Shu bilan birga, Samarqand viloyati, tuman va shahar sudlariga 706 ta umumiy murojaatlar kelib tushgan. Shundan 319 tasi qanoatlantirilgan, 10 tasi rad qilingan, 214 tasi bo‘yicha murojaatchining qonuniy huquqlari tushuntirilgan. Bundan tashqari, 147 tasi tegishliligi bo‘yicha tashkilotlarga yuborilgan.

Matbuot anjumanida qayd etilganidek, “Mening mahallam - mening sudyam” g‘oyasi asosida viloyat, tuman va shahar sudlarining sudyalari har bir mahalla fuqarolar yig‘inlariga doimiy biriktirilgan.

Sudyalar o‘zlari biriktirilgan mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish yuzasidan sayyor uchrashuvlar o‘tkazib bormoqda.