Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumanida 10 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar uyli bo‘ldi

Tumanda kam ta’minlangan oilalar va jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib sharoit yaratish borasidagi ezgu ishlarning ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri doirasida ana shu an’ana davom ettirildi.

Tadbirda tuman hokimi hamda sektor rahbarlari ishtirok etib,  yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilganligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng tuman hokimligi tomonidan nogironligi bo‘lgan 16 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari topshirildi. Ishtirokchilarga bayram dasturxoni yozildi.

Kunning ikkinchi yarmida 48 ta xonadonga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uylarning kaliti o‘z egalariga topshirildi. Ular orasida 10 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar ham o‘z uylariga ega bo‘lishdi.

Aytish joizki, xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash jamoat fondi va tuman hokimligi tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarning har biriga imtiyozli uy-joy uchun boshlang‘ich to‘lovlar o‘tkazib berilgan.

Samarqand tumani hokimligi axborot xizmati.