Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumanida noqonuniy chiqindixona aniqlandi

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Samarqand tumani inspeksiyasi xodimlari tomonidan chiqindilarni tartibga solish, noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha reyd o‘tkazildi.

Tadbir davomida Samarqand tumani Do‘stlik mahallasida noqonuniy chiqindixona aniqlandi. Mazkur chiqindixona faoliyatiga tuman hokimligi, ekologiya inspeksiyasi va obodonlashtirish boshqarmasi sa’y-harakati bilan chek qo‘yildi. Ya’ni, hududga ishchi-xodimlar va maxsus texnikalar jalb qilinib, yig‘ilib qolgan chiqindilar olib chiqildi.

Shuningdek, davlat inspektorlari tomonidan masalaga e’tiborsizlik bilan qaragan mahalla raisiga ogohlantirish berildi. Mahalla aholisi bilan hududga chiqindi tashlamaslik yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.