Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati hokimi sovrini uchun kurash musobaqasi sovriniga 3 ta avtomobil qo‘yiladi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni Samarqand shahridagi “Mo‘’jiza” amfiteatrida Samarqand viloyati hokimi sovrini uchun xalqaro kurash musobaqasi o‘tkaziladi.

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Kurash bahslarida respublikamizning barcha hududlaridan, Indoneziya, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston davlatlaridan 60 nafardan ziyod sara polvonlar 73, 90, +90 kilogramm vazn toifasida bellashishi kutilmoqda.

Ertaga, 13 sentyabr kuni soat 17:00 dan 18:00 gacha Samarqand eshkak eshish kanalida qatnashchilar uchun qur’a tashlash va vazn o‘lchash tadbiri o‘tkaziladi.