Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatiga yangi bosh arxitektor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirining buyrug‘iga asosan Mirzoyev Hayot Fazliddinovich Samarqand viloyat qurilish bosh boshqarmasi o‘rinbosari – viloyat bosh arxitektori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat qurilish bosh boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, viloyat bosh arxitektori vazifasida ishlab kelgan Bobur Elmurodov qurilish vazirligiga ishga o‘tganligi munosabati bilan viloyat bosh arxitektorlik vazifasini S.Narziqulov bajarib kelayotgan edi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi tomonidan soha xodimlarining ishchanligini oshirish maqsadida viloyatning shahar va tuman qurilish bo‘limlariga zamonaviy kompyuter, printer va boshqa texnikalar berildi.