Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 1162 nafar fuqaro karantin nazoratiga olingan

Bu haqda Samarqand viloyati Epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining 23 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.   Xorijiy davlatlarda bo‘lib qaytgan bu fuqarolarning 577 nafari uy sharoitida, 438 nafari sanatoriyalarda va 147 nafari shifoxona sharoitida 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Nazoratga olinganlarning salomatligi yaxshi, tana harorati ko‘tarilgan fuqarolar yo‘q.

Viloyatga Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan 438 nafar yurtdoshlarimiz Samarqand temiryo‘l kolleji yotoqxonasi va Samarqand tumanida joylashgan “Do‘stlik” oromgohida joylashtirilgan. Ushbu maskanlarda fuqarolar uchun zarur shart-sharoit yaratilgan.

Shuningdek, qo‘shimcha olib kelinuvchi fuqarolar uchun viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli “Ustoz” sanatoriysida 200 o‘rin, viloyat salomatlikni tiklash shifoxonasida 150 o‘rin, Urgut sog‘lomlashtirish maktab-internatida 220 ta zaxira o‘rinlar tayyorlangan.