Samarqandda aliment to‘lamagan onaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
- 17.02.2020 14:15
- 275
- Jinoyat va jazo
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida istiqomat qiluvchi G.Sh. ismli fuqaro ikki nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment pulini o‘z vaqtida to‘lay olmay 6 sutkaga qamaldi.
Aniqlanishicha, ona 2019 yilning mart oyidan shu kunga qadar ikki farzandi uchun 6 266 484 so‘m miqdorida aliment puli to‘lashi kerak bo‘lgan.
Fuqaro G.Sh. O‘zbekiston Respublikasi MJKning 474-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli, deb topilgan va unga nisbatan 6 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, ma’muriy qamoqda saqlangan har bir kuni uchun davlatga eng kam oylik ish haqining 15 foizidan to‘lab borishi belgilangan.
Teglar:
aliment puli
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Parranda naslchiligi yo‘lga qo‘yiladi
- 19/03, 19:51
- Qishloq xo'jaligi
Yangilangan ziyoratgohda hayit namozi o‘qiladi
- 19/03, 11:51
- Samarqand
Ziyolilar nega gazeta o‘qimaydi?
- 19/03, 11:50
- Jamiyat