Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda DSENM bosh vrachi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmatining xabar berishicha, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor Sh.S.ning murojaatiga ko‘ra, 2019 yil 22 iyun kuni tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida viloyat davlat sanitariya-epidemologiya nazorati markazi xo‘jalik ishlari bo‘limi mudiri A.O. hamda markaz bosh vrachi o‘rinbosari G.A. ichimlik suvining iste’molga yaroqligiga haqida xulosa berish uchun tadbirkordan 500 ming so‘mni pulni pora tariqasida olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Samarqand viloyati DSENM bosh vrachi o‘rinbosari G.A. Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov jarayonida qamoqqa olingan.