Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda xorijga viza olib beradigan firibgar sudlandi

Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi Fazliddin xorijga ishlashni istovchilar uchun viza olib berishda hojatbaror chiqib qoldi.

Kanadaga viza olib berishni va’da qilgan Fazliddin kursdoshi Shaxbozning ishonchiga kirib, undan 2017 yil noyabr oyidan 2019 yil mart oyiga qadar bo‘lib-bo‘lib, jami 7620 AQSh dollari miqdorida pul oldi.

Bu orada yana tanishi Tursunni Avstriya davlatiga yuborishni va’da qilib, undan 3000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritdi.

Chet elga yuborish huquqi bo‘lmagan Fazliddinning va’dalari bajarilmagach, jabrlanuvchilar uning ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga arz qildi.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgach, Fazliddin tanishlariga keltirgan zararni to‘lab berdi. Sud hukmiga ko‘ra, Fazliddin Voseyevga oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda, 1 yil 10 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

D.NURALIYeV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudi sudyasi.