Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari respublika OTMlar reytingida nechanchi o‘rinda?

UniRank tadqiqot markazi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari reytingini e’lon qildi.

Reytingni tuzish OTM davlat organlarining litsenziyasi mavjudligi, akkreditatsiyadan o‘tgan holati, kamida to‘rt yillik bakalavr yoki boshqa ta’lim darajalarini (magistratura va doktorantura) ta’minlash vakolati, ta’limning an’anaviy shaklda, ya’ni yuzma-yuz, sirtqi bo‘lmagan shaklda o‘tkazilishi ta’minlanishi kabi talablar asosida kelib chiqilgan.

Reytingni Toshkent xalqaro Vestminster universiteti boshqarib turgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uchinchi o‘rinni esa Toshkentdagi Inha universiteti egallab turibdi.

Bu borada Samarqanddagi OTMlar orasida Samarqand davlat tibbiyot instituti yetakchi, deyish mumkin. SamDTI reytingning 10-o‘rnida e’tirof etilgan.

Shuningdek, reytingning 13-o‘rinini Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 16-o‘rin - Samarqand davlat universiteti, 23-o‘rin - Samarqand davlat chet tillari instituti, 29-o‘rin – Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, 40-o‘rin – Samarqand veterinariya meditsinasi instituti band etgan.

Reyting oxiridan (65-o‘rin) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi malaka oshirish markazi joy olgan.