Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandga kelgan sayyoh bir kunda qancha pul sarflaydi?

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning 6 oyida Samarqandga dunyoning 156 mamlakatidan 274 ming sayyoh kelgan.

Hisob-kitoblarga qaraganda, xorijlik har bir sayyoh bir kunda o‘rtacha 100 dollardan, jumladan, Yevropa va uzoq Sharq mamlakatlaridan kelgan turistlar 150-160 dollar mablag‘ sarflamoqda. Ularning Samarqandda qolishi o‘rtacha ikki kunni tashkil etadi.

2022 yilga borib viloyatda kamida 2 million turistni qabul qilish va ularning bu yerda 3-4 kun bo‘lishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Agar bu ko‘rsatkichga erishilsa, viloyat iqtisodiyotiga birgina turizm sohasidan qancha mablag‘ tushishini hisoblab ko‘ravering.