Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik tadbirkor Umar bilan bog‘liq jinoyat ishi apellyasiya instansiyasida ko‘rib chiqildi. Sud hukmida o‘zgarishlar bor

O‘tgan yili Samarqand shahrida ko‘p yillardan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan «Umar» qurilish kompaniyasiga rahbarlik qilgan yirik tadbirkor Umar Rajabov bilan birga bir guruh shaxslar ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, «Umar» kompaniyasi tomonidan qurilgan uylar Samarqand shahrining tarixiy qismida, YuNESKO muhofazasidagi hududda joylashgani tufayli buzilishi boshlangach, bu uylarga oldindan buyurtma berganlar pullarini qaytarishni talab qila boshlagan. Umar Rajabov va uning xodimlari ana shunday shikoyat xatlari asosida qo‘lga olingan hamda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining (sudya J.G‘aybullayev) 2020 yil 13 yanvardagi hukmi bilan sudlanuvchilarga nisbatan tegishli jazo choralari belgilangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi apellyasiya instansiyasi sudlov hay’atining 2020 yil 7 oktyabrdagi ajrimiga ko‘ra, yuqorida qayd qilingan hukmning Rajabov Olim Hotamovich, Rajabov Ruslan Olimovich), Ablaqulov Shavkat Ahrorqulovich, Adilov Mira’lam Erkinovich va Fayziyev Fayzullo O‘lmasovichlarga oid qismi o‘zgartirilgan.

Sudlanuvchi O.Rajabov, R.Rajabov, Sh.Ablaqulov, M.Adilov va F.Fayziyevlardan solidar tartibda jabrlanuvchi O.Xalilova foydasiga 216 million so‘m;


- jabrlanuvchi M.Jalilova foydasiga 266 million 220 ming 920 so‘m;

- jabrlanuvchi D.Safoyeva foydasiga 292 million 189 ming 360 so‘m;

- jabrlanuvchi M.Xurramova foydasiga 100 million 530 ming so‘m;

- jabrlanuvchi M.Qurbonova foydasiga 1 milliard 654 million 372 ming 860 so‘m;

- jabrlanuvchi K.G‘aniyev foydasiga 573 million 899 ming 853 so‘m;

- jabrlanuvchi M.Sobirova foydasiga 277 million 697 ming 250 so‘m;

- jabrlanuvchi E.Mahmudova foydasiga 385 million 69 ming 545 so‘m;

- jabrlanuvchi G.Xo‘jayeva foydasiga 365 million 760 ming 370 so‘m;

- jabrlanuvchi F.Isomov foydasiga 247 million 205 ming 140 so‘m undirilishi belgilangan.

“Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni” MChJ nomidagi 51 million so‘mlik “Zil-133 GYa” rusumli, 31,5 million so‘mlik “VAZ-2104” rusumli, 28,068 million so‘mlik “Buldozer T-170” rusumli;

-“Qurilish Mahsulot Trans Servis” MChJ nomidagi 70 million 432 ming 256 so‘mlik “Lacetti” rusumli, 32,5 million so‘mlik “VAZ-21041-30” rusumli;

-“Xotam Stroy Invest” MChJ nomidagi 60 million 179 ming 600 so‘mlik “Spark” rusumli;

-“Afrosiab Realty” MChJ nomidagi 50,054 million so‘mlik “Damas-2” rusumli, 48 million so‘mlik “ZIL MMZ-554” rusumli, 36 million 41 ming 678 so‘mlik “Spark” rusumli transport vositalari soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni undirishga hamda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlarni qoplashga qaratilgan.


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2020 yil 7 fevraldagi jabrlanuvchi D.Safoyeva foydasiga 288 million 189 ming 360 so‘m va jabrlanuvchi E.Mahmudova foydasiga 385 million 69 ming 545 so‘m undirish haqidagi ajrimi bekor qilingan.

Past Darg‘om tumani, Juma shahri Bo‘ston mahallasida “Afrasiab realty” MChJ tomonidan ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi bo‘yicha jabrlanuvchilarga kelgusida moddiy zararlarni undirish borasida fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanliklari tushuntirilgan.

Sud hukmi va apellyasiya instansiyasining ajrimi bilan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish uchun Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limlariga ijro varaqalari yuborilib, ijrosi qonun hujjatlariga asosan ta’minlanadi.

I.HAMIDOV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi.