Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDU o‘qituvchi va talabalari ming tupdan ziyod manzarali daraxt nihollari ekdi

Odatda, go‘zal va fusunkor fasl tashrifi bilan hamyurtlarimiz tevarak-atrofni tozalash, tartibga keltirish, manzarali, mevali daraxt ko‘chatlari, gullar ekish ishlariga uyushqoqlik bilan kirishadi. Bunday ezgu va xayrli ishni Samarqand davlat universiteti jamoasi, ziyolilari, ishchi-xizmatchilar birinchilardan bo‘lib boshlab berdi.

- Universitetning Konfutsiy maydoni, unga tutash talabalar yotoqxonasi atrofida tozalash, mevali va manzarali nihollar ekish, obodonlashtirish ishlari erta tongdan boshlandi, - deydi universitetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Alisher Eshtoyev. - Unda universitet ishchi-xizmatchilari, professor-o‘qituvchilar faollik ko‘rsatdi.

Ezgu tashabbus universitet xiyoboni bo‘ylab keng quloch yozdi. Fizika va kimyo, biologiya, o‘zbek hamda rus filologiyasi, geografiya fakultetlarining old qismidagi maydonlar bir qadar tartibga keltirilib, kerakli joylarga ming tubdan ziyod manzarali daraxt nihollari, qalamchalari, anvoyi  gullar ekildi.

Dilmurod DO‘STMURODOV,

Aleksandr XARITONOV (foto).