Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDU respublikadagi eng yaxshi uchinchi oliy ta’lim muassasasi deb topildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining reyting natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Samarqand davlat universiteti eng yaxshi uchtalikdan joy olgan. Reytingda O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan.

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2018 yilda Samarqand davlat universitetining 47 nafar professor-o‘qituvchilari dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining PhD yoki DSc ilmiy darajasini olgan. Bundan tashqari, 56 nafar professor-o‘qituvchilar dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga borib o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazgan.

Yuqorida qayd etilgan reyting natijalari ro‘yxatida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 13-o‘rinda qayd etilgan.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar instituti 26, Samarqand davlat tibbiyot intituti 35, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti esa 42-o‘rinni egallagan.

Reytingda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga 47-o‘rin berilgan.