Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDUda yangi o‘quv yilidan kredit-modul tizimi joriy etiladi

Samarqand davlat universitetida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab o‘quv jarayoni kredit-modul tizimida tashkil etiladi. Joriy yilning 15 iyul kuni universitetda kredit-modul tizimiga bag‘ishlangan onlayn amaliy seminarda shu masala muhokama qilindi.

“Yevropa kredit-modul tizimi (ECTS)ni joriy etish” mavzusida o‘tkazilgan onlayn seminarda Kanadaning Nyu-Braisuik universiteti professori, “El-yurt umidi” jamg‘armasi qoshidagi xalqaro ekspertlar kengashi a’zosi Vohidjon O‘rinov ishtirok etdi.

Seminarda professor kredit tizimining o‘ziga xos jihatlari, fan dasturlariga qo‘yiladigan talablar, kredit-modul tizimida baholash tartibi, o‘qituvchilar yuklamasini shakllantirish to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar va tavsiyalar berdi. Shuningdek, universitetda kredit-modul tizimiga o‘tishning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtaldi.