Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shavkat Mirziyoyev uchta mamlakat rahbariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 16 dekabr kuni Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Bahrayn Mustaqilligi bayrami munosabati bilan mamlakat podshohi Shayx Hamad ibn Iso Al Xalifaga ham qutlov yo‘lladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati ma’lum qildi.