Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shved o‘quvchisi Gret Turnbergning nomzodi Nobel mukofotiga tavsiya etildi

16 yoshli Gret Turnberg global iqlim isishiga qarshi chora ko‘rishga qo‘shgan hissasi uchun Nobel mukofotiga tavsiya etildi, deb xabar qiladi Aftonbladet nashri.

Shved parlamenti So‘l partiyasi vakillari Yens Xolm, Xokan Svenneling va boshqa bir qancha norvegiya siyosatchilari shunday tashabbus bilan chiqishdi.

Turnberg 2018 yil avgust oyida parlamentning Stokgolmdagi binosi oldidagi «Maktabni tashlash» namoyishida e’tiborni tortgan edi. O‘shanda qiz o‘quvchilarni shved hokimiyati Parij bilan tuzilgan zararli ashyolar tashlashni kamaytirish haqidagi shartnoma shartlarini amalga oshirishni boshlamagunicha maktabga bormaslikka chaqirgan edi. U butun Yevropadan minglab o‘smirlarni ilhomlantirdi, ular qizdan o‘rnak olib ko‘chaga chiqishdi va o‘zgarayotgan iqlimga e’tiborni jalb etishdi.

Bundan tashqari, Gret Turnbergga BMT konferensiyasida va Butundunyo ekonomika forumida iqlimga oid savollar bilan qatnashishni taklif etishdi.

Oydin tayyorladi.