Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan bosh tortgan MChJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Past Darg‘om tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U.S.M.” MChJ rahbari A.G. 2018 yil davomida tovarlar realizatsiyasidan tushgan 5,1 milliard so‘m naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini ko‘p miqdorda buzganligi ma’lum bo‘ldi.

U tovar aylanmasini yashirish maqsadida korxonani o‘zi tomonidan yangi tashkil etilgan “W.E.C.” MChJ tarkibiga qo‘shib, 849,7 million so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi aniqlangan.

Bosh prokuratura axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan A.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.