Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sport tarixiga doir 5 mingdan ziyod eksponatlar namoyish etiladi

Joriy yilning 1-10 noyabr kunlari Samarqand shahridagi “Chorsu” ko‘rgazmalar zalida “Sport mening hayotimda” nomli ko‘rgazma tashkil etilishi rejalashtirilgan.

“STATUS 555” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada sport ishqibozi, 73 yoshli otaxon Bahodir Jabborov tomonidan to‘plangan  sport tarixiga oid 5 mingdan ortiq eksponatlar va rasmlar namoyish etiladi. Shuningdek, ko‘rgazma doirasida sport faxriylari bilan uchrashuv, “Paxtakor” futbol klubi a’zolari bilan davra suhbati tashkil etiladi.