Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ta’mirlash ishlari boshlangani bois Afrosiyob ko‘chasida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi

Samarqand shahri ko‘chalarida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish, yo‘l qurish va muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, ta’mirtalab holga kelib qolgani tufayli shaharning Afrosiyob ko‘chasi mukammal ta’mirlanmoqda.

Shu sabab bugun, 17 sentyabrdan mazkur ko‘chada transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi.

Ushbu ko‘cha yo‘lining yopilishi to‘g‘risida Samarqand shahri hokimi B.Obloqulovning farmoyishi qabul qilingan.