Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tanlov g‘oliblarini aniqlash uchun ovoz bering!

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovi e’lon qilingan bo‘lib, bundan ko‘zlangan maqsad – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan, shuningdek, pandemiya sharoitida ham davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar izchil davom etayotgani, yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi va obro‘si oshib borayotgani hayotiy misollar va ilmiy tahlillar asosida yoritilgan ijodiy asarlar mualliflarini rag‘batlantirishdan iborat.

Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga 138 nafar ijodkordan 1000 ga yaqin ijodiy ish kelib tushdi.

Ushbu ko‘rik-tanlov g‘oliblarining munosibini aniqlash uchun jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olish maqsadida http://tanlov2020.uz veb-sayti ishga tushirildi hamda ijodiy ishlarning barchasi veb-saytga joylashtirildi.

“Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovi tashkiliy qo‘mitasi g‘oliblarni tanlashda jamoatchilik, ayniqsa, soha vakillarini ovoz berish uchun chaqiradi.

Ovoz berish 2020 yil 20 sentyabr, soat 18:00 ga qadar davom etadi.

“Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovi tashkiliy qo‘mitasi.

@aoka_uz