Tanzila Norboyeva Darig‘a Nazarboyeva bilan uchrashdi
- 05.11.2019 19:57
- 123
- Siyosat
Bugun, 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Darig‘a Nazarboyeva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda keng ko‘lamli masalalar muhokama etildi.
O‘zaro samarali hamkorlik va ishonch prinsiplari asosida Qozog‘iston hamda O‘zbekiston o‘rtasida rivojlanayotgan do‘stona munosabatlarni tilga olib, Tanzila Norboyeva O‘zbekiston rahbariyati barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor berayotganligini ta’kidladi.
Oliy Majlis Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv doirasida “2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasini (“Yo‘l xaritasi”ni) imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda dendrologiya bog‘i tashkil etildi
- 1 soat avval
- Samarqand
Kosmonavtlar ellik yildan keyin yana Oyga uchishdi
- 3 soat avval
- Xorij