Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Terroristlargina shunday ish tutadi" - Vladimir Putin Navalniyni qo‘llab-quvvatlash namoyishini qoraladi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolari o‘z fikrlarini bildirish huquqiga ega, ammo ular buni qonuniy usullar bilan qilishlari kerak, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ham qonunga rioya qilishlari shart. "Har bir inson o‘z nuqtai nazarini qonun doirasida bayon etishga haqlidir. Qonun doirasidan tashqariga chiqadigan har qanday harakat hech qanday samara bermaydi, balki xavflidir" dedi u.

“Rossiya talabalari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezident: "Hech qanday holatda voyaga yetmaganlarni oldinga surish kerak emas", deya ta’kidladi. "Bu ishni - ayollar va bolalarni qalqon sifatida oldinga qo‘yishni terrorchilar qiladi. Bu yerda hiyla biroz o‘zgarmoqda, ammo mohiyat bir xil".

Avvalroq, rasmiylar Navalniyni mitinglarga qasddan voyaga yetmaganlarni jalb qilganlikda ayblab, ijtimoiy tarmoqlardagi oppozitsiya kampaniyasini qoralagan edi. Muxolifat hukumat bayonotlarini "targ‘ibot" deb atadi.

Shanba kuni Butun Rossiya bo‘ylab Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlash uchun ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tdi. U Berlindan «Novichok» asab-paralitik modda bilan zaharlanib davolanib, Moskvaga qaytgach hibsga olingan edi. «OVD Info» ma’lumotlariga ko‘ra, mitingni tarqatish paytida 3700 dan ortiq odam hibsga olingan.

Navalniyning safdoshlari sud uning shartli qamoq jazosini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishi kutilayotgan kelgusi haftaning oxiri va 2 fevral kunlari yangi namoyishlar o‘tkazishi haqida e’lon qilishdi.

G.Xoldorova tayyorladi.