Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TIV Moskva metro stansiyasida bolasini tashlab ketgan ayol haqida ma’lumot berdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarosi M.K. qo‘lga olingani to‘g‘risida va OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

“U farzandini Moskva shahri metrosi bekatlaridan biri yaqinida qoldirib ketgan edi. Hozirgi paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Elchixona mazkur vaziyatni 2020 yil 14 fevraldan buyon nazoratiga olgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan. Bola shahar kasalxonasida shifokorlar va mutaxassislar nazoratida, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti”, deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Moskva metro stansiyasida bolasini tashlab ketgan ayol haqida xabar bergan edik.