Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TIV Qozog‘istonga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonga borayotgan yoki uning hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi.

Qozog‘istonning qator hududlarida sovuq tushishi, qor yog‘ishi va noqulay ob-havo sharoitlari tufayli yo‘llarda kutilmagan holatlar sodir bo‘lishi mumkinligi munosabati bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida mazkur mamlakatga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratgan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Aqtau shahridagi bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olmaota shahridagi bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.