Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

To‘g‘ri ovqatlanish uchun 5 tavsiya

1. Kun bo‘yi och yurib, keyin birdaniga to‘yib ovqatlanishni odat qilmang. Bu ortiqcha kaloriyalar to‘planishiga, oshqozon kattalashishiga, yeb to‘ymaslikka olib keladi.

2. Kam-kam va tez-tez ovqatlanish. 2-3 mahal ko‘p miqdorda emas, 5 mahal oz-ozdan ovqatlaning.

3. Kuniga 2–2,5 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suv iching. Suv moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, organizmni yoshartirib, terining tarangligini ta’minlaydi.

4. Qanchalar qiziq tuyulmasin, suv ichishning ham o‘z tartibi bor. Suvni to‘g‘ri ichish orqali ham vazn tashlash mumkinligiga ushbu qoidaga amal qilgach, amin bo‘lasiz. Muhimi, ovqat paytida suv ichmaslikdir. Ovqat payti ichilgan suyuqlik semirishga olib keladi. Suvni ovqatdan yarim soat avval va 40-45 daqiqa o‘tib ichish mumkin.

5. Oq undan tayyorlangan non va makaron mahsulotlari o‘rnini javdar unidan yopilgan qora nonga, makaronni esa bug‘doyning qattiq navidan tayyorlanganiga almashtiring. Shakarni asal, novvotga, kremli qandolat mahsulotlarini meva-chevalarga o‘zgartiring.