Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot Qozonda shoshilinch qo‘ndi

O‘zbekiston havo yo‘llarining Toshkentdan Sankt-Peterburgga HY-633-parvoz yo‘nalishiga favqulodda o‘zgarish kiritildi, deb xabar berdi Milliy aviakompaniya.

Parvoz davomida yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani sababli komandir havo kemasini eng yaqin bo‘lgan Qozon shahridagi aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Aviakompaniya tomonidan kechikish vaqtini qisqartirish uchun barcha choralar ko‘rildi. Parvoz Sankt-Peterburgga mahalliy vaqt bilan soat 13:40 da yetib bordi.