Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga necha kishi o‘qishga kirdi?

Filial qabul komissiya tomonidan ro‘yxatga olingan 329 nafar abituriyent 24 avgust kuni Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida  test sinovlari topshirdi. Abituriyentlarning 1 nafari aloqa vositasidan foydalangani uchun imtihondan chetlatilgan.

Bugun test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 25 nafar abituriyent Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali talabasi sifatida ro‘yxatga olinadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universiteti bilan joriy yilning yanvar oyida hamkorlik memorandumi imzolagan.

Ushbu hujjatga asosan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali tashkil qilingandi.

Filial talabalari ikki yil Samarqandda, bir yilu olti oy Germaniyaning Vayenshtefan-Trizdorf amaliy bilimlar universitetida ta’lim oladi. So‘nggi olti oyda olgan bilimlarini Samarqandda amaliyotda mustahkamlaydi.

Talabalarning ta’lim olishi uchun Samarqand moliya kollejidan joy ajratilgan. Barchasi to‘lov kontrakt asosida oziq-ovqat tizimlarini boshqarish iqtisodiyoti yo‘nalishida ta’lim oladigan  talabalar uchun 2019-2020 o‘quv yili 1 oktyabrdan boshlanadi.