Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Toshkentda mashhurlarning mum haykallari muzeyi ochildi

Toshkent shahrining yangi bog‘ida, “Tashkent City” hududida «Yulduzlar muzeyi» mum muzeyi ochildi. Bu joy nafaqat mahalliy aholi, balki ichki va tashqi turistlarning ham sevimli maskanlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Ma’lumki, Yevropaga sayohat qiladigan sayyohlarning aksariyati “Madam Tyusso” muzeyiga tashrif buyuradi hamda Gollivud yulduzlari, olimlar, siyosatchilar va boshqa mashhur insonlar haykallari bilan suratga tushib, ular bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishishadi. «Yulduzlar muzeyi»dagi har bir eksponat, uning atrofidagi muhit eng kichik detallargacha o‘ylab ishlangan - jonli qo‘g‘irchoqlar, zamonaviy tarixda o‘chmas iz qoldirgan ulkan shaxslar haykallarining to‘plami va hokazolar.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, muzeyda tez orada O‘zbekistonning taniqli shaxslari haykallari ham namoyon bo‘ladi va bu barchada katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz.

Shuningdek, muzeyga xalqimizning sevimli so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning mum haykali ham keltiriladi.