Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Trampning bitta gapi dunyo bozoridagi narxni o‘zgartirib yubordi

AQSh prezidenti Donald Trampning bugun ertalab Xitoy mahsulotlariga bojlarni oshirish haqidagi gapi dunyo bozoridagi yoqilg‘i-energetika mahsulotlarining narxiga aks ta’sir qildi va Brent tipidagi neftning bir barrelining narxi 69,4 dollarga tushib ketishiga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda interfax.ru. Shuningdek, Trampning Xitoy mahsulotlariga solinadigan bojni oshirish haqidagi o‘sha gapi AQSh-Xitoy muzokaralarini ham boshi berk ko‘chaga tiqib qo‘ydi. Tramp Xitoy mahsulotlariga solinadigan bojni 10 foizdan 25 foizga ko‘tarishni xohlayapti. Bu esa Xitoyga to‘g‘ri kelmaydi.

Juma kunida bo‘lib o‘tgan oxirgi savdolarda Brent tipidagi neftning bir barreli birjada 70.85 dollarga baholangan edi.

Tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra, agar AQSh va Xitoy o‘zaro savdoda mahsulotlarni bojga tortishda kelisha olishmasa, yaqin oylarda neftning bir barreli 50 dollarga tushib ketishi taxmin qilinmoqda.