Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

 “Urgut” erkin iqtisodiy zonadan 14 million dollarlik mahsulot eksport qilindi

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 364,4 million dollarlik (shundan, 67,5 million dollari xorijiy) investitsiyalar hisobidan 75 ta loyiha amalga oshirilib, 5 337 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

2020 yil 1 sentyabr holatiga 273 million dollar (shundan, 128,4 million dollar o‘z mablag‘i, 101,3 million dollar bank krediti, 43,3 million dollar xorijiy) investitsiya o‘zlashtirildi.

Bugungi kunda 50 ta loyiha ishga tushirildi va bu loyihalar doirasida 3 287 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi hamda ishga tushgan korxonalar tomonidan 2020 yil 1 sentyabrgacha 673 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 14,2 million dollarlik eksport amalga oshirildi.

2020 yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 13,2 million dollarlik 9 ta loyiha ishga tushirilishi hisobiga 350 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi. Yil yakunigacha qiymati 38,2 million dollarga teng yana 7 ta loyiha ishga tushiriliishi hamda 750 nafarga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Bundan tashqari, erkin iqtisodiy zonada 78,7 million dollar (shundan, 15,7 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya ishtirokida) bo‘lgan 25 ta loyihada qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda va ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida 1500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi.

Erkin iqtisodiy zonada amalga oshirilayotgan loyihalarni sohalar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak:

- farmatsevtika sanoatida 26,91 million dollarlik (5,53 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya ishtirokida) 2 ta loyiha, ish o‘rinlari soni 133 ta;

- elektrotexnika sanoatida 18,12 million dollarlik 7 ta loyiha, ish o‘rinlari soni 526 ta;

- charm-poyabzal sanoatida 17,61 million dollarlik (600 ming dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya ishtirokida) 12 ta loyiha, ish o‘rinlari soni 620 ta;

- oziq-ovqat sanoatida 7,3 million dollarlik 2 ta loyiha, ish o‘rinlari soni 154 ta;

- boshqa yo‘nalishlarda qiymat 8,7 million dollarlik (1,1 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya ishtirokida) 5 ta loyiha, ish o‘rinlari soni 196 tani tashkil etadi.