Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut GESda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda

«O‘zbekgidroenergo» AJ tizimidagi Samarqand GESlar kaskadi tarkibidagi Urgut GES Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Quyiqishloq manzilida joylashgan. GES aylanma ravishda oqib o‘tuvchi Darg‘om kanalida bunyod etilgan.

Hududda aholi va fermer xo‘jaliklarini elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi muammolarni bartaraf etish hamda kichik daryolarning energetik salohiyatidan samarasiz foydalanishning oldini olish maqsadida Urgut GES qurilgan.

Ta’kidlash lozimki, Urgut GESning qurilishi 2003 yilda boshlanib, 2004 yilda yakuniga yetkazilgan edi. GESning jami quvvati 3 MVt.ga teng.

Urgut GES mini GESlar turkumiga kiradi. Gidroturbina turi – propellerli, ish g‘ildiragining diametri – 1250 millimetr.

Hozirgi kunda Urgut GESda texnik ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ishchi-xodimlar va ta’mirlovchi ustalar tomonidan texnik qurilmalarda kichik ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.