Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut tumani mutasaddilariga savollaringiz bormi?

Shu yilning 23 iyun kuni soat 20:00 dan boshlab Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida Urgut tumani sektor rahbarlari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar boshliqlari ishtirokida muloqot o‘tkaziladi.

O‘zingizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalarni ko‘rsatuvgacha va ko‘rsatuv davomida (66) 233-96-01, 233-96-07, 233-96-08, 233-96-09 raqamli telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish yoxud ochiq_muloqot telegram messenjeriga xabar yuborish orqali bildirishingiz mumkin.

Bildirilgan barcha murojaatlar viloyat hokimligi va viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan nazoratga olinadi.