Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda 500 o‘rinli maxsus shifoxona tashkil etilmoqda

Urgut tumanida koronavirus infeksiyasiga gumondorlar shu paytgacha tuman markaziy shifoxonasi yuqumli kasalliklar bo‘limida joylashtirilgan,  kasallik aniqlangan bemorlar esa viloyatdagi tibbiy muassasalarda davolangan. Ayni paytda tumanda epidemiologik vaziyat barqarorlashgan bo‘lsa-da, hududda aholining ko‘pligi e’tiborga olinib, Urgut tibbiyot kollejida 500 o‘rinli vaqtinchalik maxsus shifoxona tashkil etilmoqda.

Tuman hokimi o‘rinbosari I.Jabborovning aytishicha, kollej sport zalida 80 o‘rinli reanimatsiya bo‘limi tashkil etiladi va barcha zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanadi, kislorod ta’minoti yaratiladi. Shuningdek, kollejdagi xonalar 420 o‘ringa moslashtirib, yotoq mebellari bilan jihozlanmoqda.

Kollej yotoqxonasi muassasada ishlovchi tibbiy xodimlar uchun ajratib beriladi.