Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutda uchrashuvdan qaytayotgan yigitni tunab ketishdi

2020 yilning 21 mart kuni 27 yoshli A.Q., ariza bilan Urgut tuman bo‘yicha IIO FMBga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

U o‘z arizasida 2020 yilning 19 mart kunidan 20 mart kuniga o‘tar kechasi soat 00:30 larda o‘ziga fotiha qilingan Urgut tumani, Ipakli mahallasida yashovchi qizi bilan uchrashib qaytib kelayotganida mahalla ichki yo‘lidan yolg‘iz o‘zi kelayotganligini ko‘rib qolgan 22 yoshli X.Q., S.S., E.Sh. va A.F.lar uning yo‘lini to‘sib, har xil so‘zlar bilan haqorat qilib, urib do‘pposlab, A.Q.ga tan jarohati yetkazib, yonida bo‘lgan bir dona bahosi 400.000 so‘mlik “Samsung J-1” rusumli telefon apparati, bahosi 50.000 so‘mlik “Bluetooth” quloqchinlari va bir dona bahosi 30.000 so‘mlik 4 GB sig‘imga ega bo‘lgan elektron xotira moslamasini tortib olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringanligini va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida X.Q.dan “Samsung J-1” rusumli uyali aloqa vositasi, S.S.dan “Bluetooth” quloqchinlar, E.Sh.dan bir dona “4 GB” sig‘imga ega bo‘lgan elektron xotira moslamasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.Q., X.S., E.Sh. va A.F.lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.