Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Viloyatdagi ilk «Huquqiy maslahat kuni» Jomboyda o‘tkazildi

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Jomboy tumanidagi  «Zarafshon» mahalla fuqarolar yig‘inida  “Huquqiy maslahat kuni” tadbiri o‘tkazildi.

“Huquqiy maslahat kuni”  tadbirida   28  ta tashkilotlar rahbarlari, jumladan fuqarolik, ma’muriy ishlar bo‘yicha sud raislari, tuman ichki ishlar bo‘limi, bandlikka ko‘maklashish markazi, MIB tuman bo‘limi vakillari va boshqa mutasaddi rahbarlar  ishtirok etib, 38 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan  kelgan  152  nafar  xotin-qizlarga  huquqiy maslahat berishdi.

Jumladan,  “Huquqiy  maslahat kuni”  doirasida 32  nafar xotin-qizlarga   xuquqiy, 12 nafariga   tibbiy, 8 nafariga  psixologik, 26 nafariga moddiy yordam  hamda 25 nafar xotin-qizlarga   oilaviy   va 49 nafar xotin-qizlarga turli massalalarda    maslahat berildi.

- «Huquqiy maslahat kuni» o‘tkazilishi har bir xotin-qizlar qo‘mitasining «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan, - deydi viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Alimova. – Ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad xotin-qizlarga o‘z vaqtida, zarur tavsiyalar, ularning hayotidagi muammolarga yechim topishga to‘g‘ri yo‘nalish berishdan iborat. Xonadonlardagi ahvolni o‘rganish jarayonida aksar xotin-qizlar o‘z huquqlarini bilmasliklari, u yoki bu masalada kimga murojaat etishni tushunmasliklari ayon bo‘ldi. Shuni inobatga olgan holda ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur yordam ko‘rsatishni rejalashtirganmiz. Xuddi shunday «Huquqiy maslahat kunlari» viloyatimizning barcha shahar, tumanlarida o‘tkaziladi.

  Shu kuni “Huquqiy  maslahat kuni ” doirasida viloyat xokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi  G. Alimovaning sayyor  qabuli  ham o‘tkazildi  va 20  nafar  xotin-qizlarning muammolari  joyida bartaraf etildi.  Jumladan, aliment, oilaviy nizo, bandlik, sog‘ligini tiklash,  uy-joy masalasidagi  murojaatlar  joyida  bartaraf etildi.

Gulruh MO‘MINOVA.