Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sakkizinchi sessiyasi onlayn tarzda o‘z ishini boshladi

Sessiyada Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi a’zolari, yuqori palata qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari, Senat devonining tegishli bo‘linmalari xodimlari hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, barcha bo‘g‘indagi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari, viloyatning soha rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Sessiya ishida dastlab viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi tomonidan o‘rganish yakunlari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyatni kompleks rivojlantirish va bu jarayonda xalq deputatlari mahalliy Kengashlar salohiyatidan foydalanish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga 6 marta amalga oshirgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida 450 dan ortiq loyiha tasdiqlanib, ular ijrosi ta’minlanmoqda.

Hisobotda viloyatni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ayrim muammo va kamchiliklar borligi, mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganligi ham qayd etilgan.

Deputatlar shuningdek, Jomboy, Toyloq, Urgut va Samarqand tumanlarida yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, sessiya davomida foydalanilmasdan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyacini tuzish masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Saytimizni kuzatib boring.