Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Xo‘ja Ishoqi Vali” jome masjidida eshitish va gapirish imkoniyati yo‘q fuqarolar yig‘ildi

Samarqand shahridagi “Xo‘ja Ishoqi Vali” jome masjidida “Siz bizga keraksiz!” shior ostida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda 400 dan ortiq eshitish va gapirish imkoniyati cheklangan fuqarolar jam bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda jamoatchilik tomonidan tashkil etilgan tadbirga kelgan fuqarolar bu safar masjidga ibodat uchun taklif etilmadi. Ularni chaqirishda mehr-muruvvat ko‘rsatish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish maqsad qilindi.  

– Ming afsuski, eshitish va gapirish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar  orasida yo‘ldan adashib, missionerlarning ta’siriga tushib qolayotganlari ham bor, – dedi Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov. – Shu bois ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazib, ularni hidoyat yo‘liga boshlayapmiz. Endi chismoniy imkoniyati cheklanganlarga alohida e’tibor qaratish, ularga yordam berish maqsadida bunday tadbirlar yil davomida tumanlarda ham tashkil etiladi.

Tadbir qatnashchilariga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.