Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xorijga olib chiqib ketish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori 1 sentyabrdan oshadi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi (472-son, 10.08.2020 y.). Bu haqda huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra,  jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 mln so‘m ekvivalentidan ortiq O‘zbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi uchun deklaratsiya to‘ldiriladi (amalda 2 ming AQSh dollari).

Shuningdek, 100 million so‘mga teng yoki undan oshmaydigan naqd valyutani O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi (amalda 5 ming AQSh dollari).

Qaror 2020 yil 1 sentyabrdan kuchga kiradi.